Rossiyaning Ryazan şahrida yuk ortiş paytida erkak kişi yuk maşinasidan tuşib ketdi, şundan söng uning ustiga tösin quladi. Özbekiston fuqarosi tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar hayotdan köz yumdi.

Moskvalik tergovçilar 24 yoşli Özbekiston fuqarosining ölimi yuzasidan dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda, deb xabar qildi Rossiya Tergov qömitasining Ryazan oblasti böyiça Tergov boşqarmasi matbuot xizmati.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, yigit Ryazandagi quriliş gipermarketlaridan birida yoğoç tösinlarni «KamAZ» rusumli yuk maşinasiga ortiş böyiça özaro kelişuv asosida işlagan. Yuk joylaş paytida u sirğanib ketgan va maşinadan yerga yiqilib tuşgan. Şu paytda uning ustiga tösinlardan biri qulagan. Yigit boşidan olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

Suriştiruv natijalariga köra, tergovçilar jinoiy iş qözğatiş yoki qözğatmaslik töğrisida qaror qabul qilişadi.