Saudiya Arabistonida taşkillaştirilayotgan «Ispaniya superkubogi»dagi bir holat kulgimni qistatyapti.
Arablar bu turnirga pul tikayotganda (3 yilga 120 million yevro) albatta, moliyaviy jihatdan foyda körişni öylaganlar, buning uçun öyinlardan biri aynan El Klasiko bölişi qiziqişni bir neça barobar oşirib yuborişi turgan gap. Taşkilotçilar ham finalda aynan Real va Barselona töqnaş kelişini istaganliklari şubhasiz.
Endi qarang, aslida, heç qanday qur'asiz va şartlarsiz El Klasikoni uyuştiriş mumkin edi. Törtlikda eng nufuzlisi kim? Mamlakat çempioni. Ya'ni «Barselona». Kiçik reyting böyiça eng pastdagi jamoa - «Real», çunki ular ötgan mavsumda kubok sohibi ham emas, hatto 2-örinni ham olişmadi. Yarim finalda qur'a taşlab ötirmay, aynan «Real» - «Barselona», «Atletiko» - «Valensiya» juftliklarini hosil qiliş birovning e'tiroziga sabab bölmasdi. Bunday holatlarda 1-4, 2-3 juftliklardan yarim final yasaş uçrab turadigan praktika. Ham, El Klasiko körardik.
Yöq, bunday öyin finalga köproq yaraşadi. Balki şunday öylaşgandir, balki qur'ada ataylab uyuştirişgan, balki hammasi halol, şunçaki El Klasiko finalini orzu qilişgan xolos. Balki. Baribir «Real» «Valensiya»ni, «Barselona» «Atletiko»ni yengişiga qattiq işonişgandir. Axir «Atletiko» «Barselona»ni Ispaniya miqyosidagi biror turnirda oxirgi marta yutganiga fevralda 10 yil tölardi.
Qarangki, «Barselona» finalga çiqa olmadi, turnir taşkilotçilari 8 yildan beri «Real» va «Barselona»ni röpara qila olmayotgan Çempionlar Ligasi holiga tuşib qolişdi. Beçoralar.
Şunga yaqin holat ötgan yili Xitoyda ham bölgandi, esingizdami? Xitoyliklar Urugvay, Özbekiston, Tailand jamoalarini taklif qilib, tört jamoa bilan «Xitoy kubogi» turnirini taşkil qilişdi. Tabiiyki, asosiy raqib - Urugvay, turnir ğolibi kim bölsayam, Xitoy Urugvay bilan öynab olişi kerak, aks holda, buni taşkillaşdan ne foyda töğrimi? Urugvayga yaxşigina pul tölab olib kelingani aniq. Urugvay - Xitoy finali esa, turnir taşkilotçilarining asosiy rejasi.
Xullas, Urugvay- Özbekiston bir juft, narigi yarim finalda Xitoy öziga raqib qilib, eng kuçsiz - Tailandni tanladi va... Yutqazib qöydi.
Natijada finalga Tailand va Urugvay çiqdi. Özbekiston va Xitoy 3-örin uçun kuç sinaşişdi. Ya'ni, aslini olganda, Tailand va Özbekistonning Urugvay bilan öynaşi uçun Xitoy katta pul sarflagan bölib çiqdi. Beçora Xitoy Özbekiston va Tailand bilan öynaş uçun «Urugvay narxini» töladi.
Agar boşqatdan imkon berilsa, albatta, xitoyliklar naqdini, Urugvay bilan yarim finalda bölsayam öynab olişni tanlagan bölardilar, menimça.












