Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boğiga taşrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlat rahbarining 2017 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq, ma'naviy hayotimizda öçmas iz qoldirgan atoqli yozuvçi va şoirlarning tarixiy xotirasini abadiylaştiriş, yoş avlodning madaniy-ma'rifiy saviyasini yuksaltiriş maqsadida Milliy boğ hududida Adiblar xiyoboni barpo etilmoqda.
Bu xiyobon Alişer Navoiy haykali bilan uyğun bölib, yaxlit me'moriy ansanbl hosil qilişi uçun yangi loyiha işlab çiqildi. Unga köra, 8 gektardan ziyod hudud obodonlaştirilib, Alişer Navoiy haykalini qayta örnatiş belgilangan.
Şavkat Mirziyoyev bu yerda olib borilayotgan işlar, haykallar körinişiga oid loyihalar bilan tanişdi. Haykallar yonida lavhlar örnatib hamda audioyozuvlar orqali har bir adib haqida qisqaça ma'lumot beriş, ularning hayoti va ijodiga bağişlangan tadbirlar ötkaziş uçun qöşimça şaroit yaratiş zarurligini ta'kidladi. Alişer Navoiy haykali gumbazini bezatiş, hududni obodonlaştiriş yuzasidan körsatmalar berdi.

Sobiq Özbekiston madaniyati va san'ati körgazmasi binosi rekonstruksiya qilinib, u yerda Toşkent muzeyi taşkil etilişi rejalaştirilgan. Davlat rahbari uning konsepsiyasiga oid loyihalar bilan tanişib, muzeyning mazmun-mohiyatini boyitiş böyiça öz fikrlarini bildirdi.

- Toşkent tarixi, bu yerlik allomalar merosi hali töliq örganilmagan. Bu joy ilmiy asoslangan, şaharning buyuk ötmişini yoşlarga, mehmonlarga yetkazadigan maskan bölişi kerak, - dedi prezident.

Muzeyni Özbekiston tarixi davlat muzeyining filiali tarzida taşkil etib, malakali ilmiy xodimlarni jalb qiliş, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta'minlaş yuzasidan topşiriqlar berildi.


















