Sönggi 3 yil içida xorijiy oliy ta'lim kvalifikatsiyalarini tan oliş va nostrifikatsiya qilişga oid arizalar soni 5,3 martaga ösdi.

2017 yilda 2 ming 409ta, 2018 yilda 4 ming 964 ta ariza qabul qilingan bölsa, 2019 yilda 12 ming 867ta arizalar röyxatga olingan. Bu haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan matbuot anjumanida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenbayev tomonidan ma'lumot berildi.

Uning qayd etişiça, 2019 yil xorijiy diplomni tan oliş uçun topşirilgan arizalarning 72,4 foizi qöşni mamlakatlar – Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari ta'lim muassasalarining hujjatlari hissasiga töğri kelgan.

«Biroq 2019 yilgi 12 867ta arizaning bor-yöği 26 foizi ijobiy baholanib, nostrifikatsiyalangan.

Hozir ijtimoiy tarmoqlarda ham bu mavzu keng muhokamada. Çegaradan ötgandan söng yoşlarimiz ayrim qöşni mamlakatlarda arzon narxli OTMlarda 300-400 AQŞ dollari tölab ta'lim olişmoqda.

Bu yoşlarning ikkita yöli böladi: birinçi kursdan keyin öqişini Özbekistonga köçiriş yoki öqişni tugatgaç, hujjatining Özbekistonda tan olinişiga erişiş», deydi Uluğbek Toşkenbayev.  

Uning ta'kidlaşiça, har bir davlatda nufuzli va milliy reytingi past bölgan OTMlar mavjud böladi. Milliy reytingi past bölgan OTMlarda ta'lim olgan yoşlar hatto diplomni tan oliş imtihonlaridan ham öta olişmaydi.

«Biz bu masalani qanday hal qilişimiz zarur degan savolga javob berişimiz zarur? Yoşlar Özbekistonda oliy ta'lim olişi uçun qamrovni oşirişimiz kerak.

Lekin bu örinda ham savol paydo böladi. Oliy ta'lim qamrovi oşgaç, ertaga  biz ularga iş topib bera olamizmi, şunça oliy ma'lumotli kadrlar Respublikaga kerakmi-yöqmi, degan masala ham bor», deya mulohazalarini bildirdi Uluğbek Toşkenbayev.

Uning sözlariga köra, faqatgina oliy ta'lim muassasalarida sifatni oşiriş bilan bu murakkab masalani hal etiş mumkin.