Qozoğiston, Turkmaniston, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston oliy ta’lim töğrisidagi hujjatlarni özaro tan oliş töğrisidagi bitimni imzolagani haqidagi xabarlar asossiz, deb xabar berdi Bilim va malakalarni baholaş agentligi.
«Özbekistonda xorijiy davlatlarda berilgan diplomlarni tan oliş «Ta’lim töğrisida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş tartibi haqida»gi Nizom talablari asosida amalga oşiriladi. Bugungi kunda Özbekiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozoğiston diplomlarini özaro tan oliş böyiça xalqaro şartnoma mavjud emas. Mazkur davlatlarda xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim olganlik haqidagi diplomlarni tan oliş ularning milliy qonunçiligida belgilangan talablar asosida amalga oşiriladi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston oliy öquv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni özaro tan oliş töğrisida kelişib olgani haqida Qozoğistonning Zakon naşri xabar berdi. Qayd qilinişiça, Qozoğiston Vazirlar Mahkamasi 2025 yil 12 noyabrda tegişli hukumatlararo bitimni tasdiqlaş töğrisidagi qarorni imzolagan.
Şuningdek, Turkmaniston, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston oliy ta’lim töğrisidagi hujjatlarni özaro tan oliş töğrisidagi bitimni imzolagani haqida Turkmenportal naşri ham xabar bergan edi.













