Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy-kosmik kuçlari qömondoni Amir Ali Hojizoda Ukraina samolyotining halokatiga AQŞning harakatlari sabab bölganini aytdi.
"Bu Amerikaning mintaqadagi yovuzliklari va harakatlari natijasi. Öşa tunda bizning tizimlarimiz töliq jangovar şaylik holatida edi. Tunda osmonda köplab harbiy samolyotlar bor edi", — dedi u matbuot anjumanida.
Şu bilan birga u özidan aybni soqit qilmadi.
"Nima bölganini tuşunganimda esa ölişni istadim. Bu voqea guvohi bölganimdan ölganim yaxşi edi", — deb qöşib qöydi Hojizoda.
Qömondonning aytişiça, Boeing 737 kiçik masofaga möljallangan raketa bilan urib tuşirilgan. Eron havo hujumidan mudofaa tizimi samolyotni qanotli raketa deb qabul qilgan. Operatorda qaror qabul qiliş uçun bor-yöği ön soniya vaqt bölgan, ammo aloqadagi nosozliklar sababli u qömondonlik bilan boğlana olmagan va Hojizoda ta'biri bilan aytganda, "yomon tanlovni amalga oşirgan".
"Ukraina xalqaro aviayönalişlari"ga qaraşli samolyot 8 yanvar kuni tong saharda Imom Xumayniy nomidagi aeroportdan havoga kötarilgan, ammo oradan bir neça daqiqa ötgaç radarlardan ğoyib bölgan va qulab tuşgan. Halokat oqibatida 176 kişi hayotdan köz yumdi.














