12 yanvarda Iroq şimolidagi Balad aviabazasiga hujum qilindi. Amerikalik harbiylar joylaşgan bazaga hujum vaqtida 4 kişi yaralangan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Iroqlik harbiylar bayonotida aytilişiça, bazaga Bağdoddan 80 km şimoldan “Katyuşa” turidagi 8 ta raketa bilan zarba berilgan.
Harbiy manbalarning ma'lum qilişiça, hujum vaqtida iroqlik askarlar yaralangan. Ularning ta'kidlaşiça, 7 ta raketa uçiş-qöniş yölagiga tuşgan. Amerikalik harbiylar orasida jabrlanganlar borligi ma'lum qilinmagan.
Bayonotda hujum ortida kim turganiga aniqlik kiritilmagan.
8 yanvarda Eron qurolli kuçlari “Al-Quds” maxsus bölinmasi generali Qosim Sulaymoniyning öldirilişiga javoban amerikalik harbiylar tomonidan Iroqda foydalaniladigan ikkita obekt - Bağdoddan 160 km uzoqlikda joylaşgan Ayn-al-Asad aviabazasi va mamlakat şimolidagi Erbil aeroportiga raketa zarbalari bergan.













