Özbekiston olimpiya jamoasi boş murabbiyi Lyubinko Druloviç Osiyo çempionati guruh bosqiçida Xitoy ustidan qozonilgan ğalaba (2:0) haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri Tailandning Songhla şahridan xabar beradi.

«Birinçi bölimni ança yaxşi ötkazdik – golga tortadigan uçta xavfli vaziyat yarata oldik. Taym oxiriga kelib raqib darvozasini işğol qilişga ham muvaffaq böldik. Birinçi bölim davomida Oybek Bozorov ança yaxşi taassurot qoldirdi.

Umuman olganda, bugungi uçraşuvda 90 daqiqa davomida jamoa yaxşi öynadi. Futbolçilarning harakatlaridan qoniqiş hosil qildim. Xitoy jamoasi ham yomon öyin namoyiş etmadi.

Eron bilan uçraşuvdan keyin ğalaba qozonişimiz şart edi, çunki u öyinda bir oçkonigina qölga kirita olgandik xolos. Şu sababdan ham bu öyinga yigitlarimizni yaxşi tayyorlaşga harakat qildik va ular işonçimizni oqlaşdi. Butun öyin davomida yaxşi harakat qilişdi, öyin tizginini öz qölimizda uşlab turdik.

Endi e'tiborimizni Janubiy Koreyaga qarşi öyinga qaratamiz. Bu uçraşuvga ham yigitlarni bugungidek tayyorlaşga harakat qilamiz. Janubiy Koreya ança tezkor öynaydi, ularga qarşi öyin ham oson bölmasligi tayin.

Kelasi öyinlarda öyin holatidan ham gol kiritişga harakat qilamiz. Bugun ham penaltidan töp kiritdik. Agar ikkinçi penaltidan ham foydalanganimizda, öyinning qolgan qismida köproq gol urişimiz mumkin bölardi. Şu sababli ham 2-bölimda köproq töpni va öyinni nazorat qilişga harakat qilib, buning uddasidan çiqa oldik. Keyingi öyinlarda köproq gol urişga harakat qilamiz

Nurillo Töxtasinovning Oybek Bozorovga almaştirilişiga kelsak, Nurillo asosiy tarkib futbolçilarimizdan sanaladi. Oybek esa hujum va himoya çiziqlarini boğlab turişda tezkorligi bilan ajralib turadi. U biroz toliqqanini sezgaç, örniga Töxtasinovni maydonga tuşirdik va yakunda u raqib darvozasini işğol qilişga muvaffaq böldi, bundan juda xursandmiz», – dedi serbiyalik mutaxassis.

Eslatib ötamiz, yakunlovçi turda Özbekiston guruh yetakçisi Janubiy Koreyaga qarşi 15 yanvar kuni maydonga tuşadi.