Özbekiston U23 jamoasi Tailanddagi Osiyo çempionatida iştirokini davom ettirmoqda. Bugun vakillarimiz Xitoy bilan töqnaş kelib 2:0 hisobida ğalaba qozonişdi. Öyin har ikki jamoa uçun ham juda muhim edi. Çunki mağlub jamoaning keyingi bosqiçdan umidini uziş ehtimoli yuqori edi. Xitoy Özbekistonga yengilgani sabab keyingi bosqiçdan umidini uzdi. Endi ular oxirgi turda Eron bilan nomus uçungina öynaşlari mumkin.

Yigitlarimiz ğalabani oson qölga kiritişdi deb bölmaydi. Hisobga qarab xulosa çiqarmaslik kerak, çunki Xitoy jiddiy qarşilik körsatdi. Öyin avvalida murabbiy tezkor gol urişga körsatma bergani sezildi va yigitlarimiz juda köp hujum qilişdi. Ayniqsa Jasur Yaxşiboyev va Sanjar Qodirqulov faol böldi.

7-daqiqada futbolçilarimiz gol ham urişdi, ammo hakam ofsayd sabab «Nasaf» futbolçisi Husniddin Aliqulovning golini inobatga olmadi. Futbolçilarimiz butun taym davomida hujumkorlikni töxtatmay bölim avvalida bu uçun mukofotlanişdi. Öyinni juda yaxşi ötkazgan Oybek Bozorov birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqada jarima maydonçasiga kirib bordi va unga nisbatan qöpollik işlatildi. Belgilangan penaltini Islom Qobilov golga aylantirdi.

Ikkinçi bölimni ham yigitlarimiz hujumkor boşlaşdi. Aziz Ğaniyev olis masofadan köp zarba yöllagan bölsa, Jasur Yaxşiboyev öng qanotdan himoyaçilarga tinçlik bermadi. Taym örtasida hakam xitoyliklar darvozasiga yana bitta penalti belgiladi. Bu gal hakam VARni körgandan söng töp xitoylik futbolçining qöliga tekkanini kördi va penalti belgiladi. Ammo Islom Qobilov bu gal penaltidan foydalana olmadi, uning zarbasini darvozabon qaytardi.

Vakillarimiz baribir ikkinçi golni urişdi. Zaxiradan maydonga tuşgan Nurillo Töxtasinov öz nomiga gol yozdirib qöydi. Hojiakbar Alijonov aldamçi harakati bilan himoyaçini ortda qoldirib zarba yölladi, lekin töpni xitoylik boşqa himoyaçilar qaytarişdi. Qaytgan töp esa Nurilloga kelib tuşdi va «Bunyodkor» futbolçisi zarbada adaşmadi. Şu tariqa amaldagi çempion Özbekiston bu musobaqadagi ilk ğalabasini qölga kiritib öziga xos tarzda qaytganini barçaga körsatib qöydi. Quyida öyindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Muhammadjon Ğaniyev olgan suratlar