AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy davlat kengaşi boş vaziri örinbosari Lyu Xe savdo kelişuvining birinçi bosqiçi haqidagi kelişuvni imzoladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Hujjatni imzolaş marosimi Oq uyda bölib ötgan. «Muzokaralar keskin ötdi», degan Tramp va yaqin orada Xitoyga taşrif buyurmoqçiligini qöşimça qilgan.

Trampning ta'kidlaşiça, kelişuv intellektual mulkni kuçli himoyalaş  çoralarini közda tutadi. Şuningdek, kelişuv tufayli amerikalik fermerlar öz mahsulotlarini katta miqdorda sota oladilar. 

Hujjatga köra, tomonlar Xitoyning 2 yil içida AQŞdagi mahsulotlar va xizmatlarga xarajatlari 200 mlrd dollarni taşkil qilişiga kelişib olgan. Öz navbatida, AQŞ kelişuvning 2-bosqiçi işlab çiqilgaçgina Xitoy tovarlariga bojlarni bekor qilişga kelişgan.

AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo mojarolari sönggi ikki yildan buyon davom etmoqda. Bunga Tramp Xitoy tovarlariga boj joriy etgani sabab bölgandi - Pekin ham şunday yöl tutib, Amerika tovarlariga boj joriy etgan.