Uçraşuv koreyslarning katta ustunligida ötdi desak böladi. Vaholanki koreyslar bizga qarşi öyinda oldingi bahsga qaraganda 7 ta futbolçini özgartirişdi. Ammo bu jamoa öyinining sifatiga ta'sir qilmadi. Öyinda hisob rikoşetli goldan söng oçildi. O Su Xen kerak bölmagan vaqtda töp yöliga çiqib qoldi, ammo kutilmaganda unga tekkan töp darvozabon Abduvohid Ne'matovni çalğitib, golga aylandi.
Birinçi bölimning özida yigitlarimiz hisobni tenglaştirişdi. Aziz Ğaniyevning super uzatmasini Bobur Abuxoliqov golga aylantirdi. Bobur boş bilan uzoq burçakni aniq nişonga oldi. Ikkinçi bölimda esa O Su Xen çinakam super golga mualliflik qildi. U çap oyoqda darvozamizning yaqin burçagini aniq nişonga oldi.
Janubiy Koreyaning öyinlarini körgan bölsangiz, mamlakat madhiyasi vaqtida O Se Xun harbiy çest berib turardi. U bugun ikkinçi goli vaqtida ham çest berib muxlislar olqişiga sazovor böldi. Bugungi öyin aynan O ismli bu askar yigitning benefisiga aylandi. Koreys futboli armiyaça tartibga asoslanganini inobatga olsak, bunday gol nişonlaş ramziy ma'no kasb etdi, bizningça.
Öyin oxirida muxlislarimiz juda katta hayajon bilan ötirgan bölişsa kerak. Çunki Eron 89-daqiqada Xitoyga penaltidan gol urdi va öyin oxirida ketma-ket hujum qildi. Agar Eron gol urganda ham, Özbekiston keyingi bosqiçga çiqardi, çunki eronliklarga sariq kartoçkalari köproq edi. Şunday bölsa-da, Koreyaning hujumlari vaqtida muxlislarning hayajoni ortgan bölişi aniq.
Yigitlarimiz mağlubiyatga uçragan bölişsa-da, keyingi bosqiçga çiqişdi. Endi çorak finaldagi raqib kim bölişini kutamiz. Bu yoki BAA, yoki Iordaniya böladi. Yarim finalda esa Saudiya, Tailand yoki Suriya jamoalaridan biriga raqib bölişimiz mumkin (agar çorak finaldan ötsak). Xullas yaxşi niyatlarimiz bizni yarim finalga ham olib çiqdi, hozirça esa Özbekiston — Janubiy Koreya öyinidan tayyorlangan katta fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
























































