Ayni vaqtda kompaniya kapitallaşuvi 2,87 trln dollarni taşkil qilmoqda va bu mutlaq rekord hisoblanadi. Taqqoslaş uçun aytiş mumkinki, Fransiyaning 2020 yilgi yalpi içki mahsuloti 2,6 trln dollarga yaqinni taşkil qilgan.

AQŞdagi oxirgi birja savdolarida kompaniya aksiyalari 175,08 dollardan sotilgan. Apple 3 trln dollarlik çegaradan ötişi uçun aksiya narxi 182,85 dollarga kötarilişi kifoya qiladi. Bu tez kunlarda yuz berişiga şubha yöq, çunki joriy yilda kompaniya aksiyalari 30 foizga, 2020 yilda esa 80 foizga qimmatlaşgan.

“Apple haqiqatan ham kuçli brend bölgani sababli jahon iqtisodiyotidagi tebranişlardan kuçliroq himoyalangan körinadi. U, şuningdek, kuçli yangi mahsulotlar qatoriga ega”, deb ta'kidlab ötgan Hargreaves Lansdown kompaniyasi yetakçi tahlilçisi Syuzanna Striter.