Tahririyatimizga Toşkent viloyati Bekobod şahridan murojaat kelib tuşdi.
Unga köra, tumandagi 2-maktabgaça ta'lim muassasasi aholi uçun qulay joyda joylaşgani va barça şaroitlarga egaligiga qaramay, 2019 yili yarim-çala buzib taşlangan.
Ma'lum bölişiça, 2014 yili ta'mirlangan boğça 2019 yilda «foydalanişga yaroqsiz» deb topilib, sentabr oyida tom qismidan buziş boşlangan. Ammo noma'lum sabablarga köra buziş işlari töxtab qolgan va mana tört oydan buyon na u yoqli, na bu yoqli holatda – boğçaning taqdiri va agar buzilsa, örniga nima qurilişi noma'lum.
Bolalarni şahardagi 4-sonli MTMga ötkazişgan. Ota-onalarning aytişiça, 4-boğçaning holati buzilişi boşlangan boğçadagiçalik yaxşi emas. Ular qulay joyda joylaşgan, şaroitlari va tarbiyaçilari namunali bölgan MTMning buzilişini xohlaşmayapti. Agar buzib, yangidan quriladigan bölsa, bu işlar hozirgidek çala holatda qoldirilmay, tezroq qilinişini istaşyapti.


Buzilişga tuşgan boğça «Özmetkombinat» AJ tasarrufida. Şu boisdan Bekobod şahar hokimligi bu boradagi savollarga kombinat mutasaddilari javob berişini aytdi.
«Özmetkombinat» vakili 2-sonli MTMga «foydalanişga yaroqsiz» deya baho berilgan xulosani taqdim etdi. “Stroitelstvo seysmostoykix soorujeniy” MÇJ bergan xulosaga köra, MTM binosi 1954 yilda qurilgan va u avariya holatida: binoga odamlar kirişi taqiqlanadi, xavfli va zilzilaga bardoşli emas. Şu xulosaga asosan boğça buzilişi boşlangan.


Ammo aholi 2-sonli MTMning keyingi taqdiri nima böladi, buziş işlari nega oylardan buyon töxtab turibdi, boğça buzib qayta quriladimi özi, agar şunday bölsa qaçon kabi savollariga javob ola olmayapti. Hokimlik va kombinat vakillari ham bunga aniqlik kirita olişmadi.












