Tekis, egiluvchan va o‘raluvchi OLED-ekranlarining ta'sirli installyatsiyalari, LG'ning olamshumul innovatsiyalari namoyishi, displey texnologiyasi sohasida yetakchilik.
Joriy yilda OLED-displeyi texnologiyasi sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan LG Electronics (LG) kompaniyasi CES® an'anasini davom ettirgan holda CES ko‘rgazmasidagi katta LG stendida tashrif buyuruvchilarni qarshi oluvchi «LG OLED To‘lqin» installyatsiyasini o‘rnatdi.
Bir qancha moslashuvchan OLED-ekranlardan iborat installyatsiya LG OLED texnologiyasining hayratga soluvchi tasvir sifati va uning noyob shakl-shamoyillarni qabul qilish qobiliyatini namoyish etadi. LG CES 2020 stendining mehmonlari shuningdek, «Favvora» – mukammal qayriluvchi LG SIGNATURE OLED TV R (65RX modeli) displeylar tufayli harakatlanuvchi dizaynni o‘zida mujassamlashtirgan stendning bu qismidan ham zavq olishlari mumkin. Bebaho OLED-installyatsiyalari kompaniyaning texnologik yetakchiligi hamda uning innovatsiya kiritish va lol qoldira olish imkoniyatlaridan dalolat beradi.
LG OLED – har qanday tomosha burchagidan mutlaqo qora va g‘ayrioddiy kontrast bilan ajoyib tasvirlarni namoyish etadigan dunyodagi eng ilg‘or displey texnologiyasidir. O‘z-o‘zini yoritadigan piksellar maksimal darajadagi real tasvirni ta'minlash uchun alohida yoqiladi va o‘chiriladi. Ortiqcha yoritishga ehtiyoj sezmagan holda LG OLED-displeylari haddan ziyod yengil va ingichka bo‘lib, bu esa o‘z navbatida ideal devoriy televizorlarni yaratishga yoki displeylarni xuddi plakat kabi o‘rash mumkin bo‘lgan darajada ingichka qilish imkonini beradi.
Haybatli va hayratda qoldiruvchi «LG OLED-To‘lqin» 200 ko‘zgu ramkali 55-dyuymli LG OLED (128 botiq va qavariq hamda 72 tekis) ekranlaridan iborat. Balandligi 6 metr va kengligi 25 metr bo‘lgan dizayn tabiatning ulug‘vor mo‘jizalarini har qachongidan-da ta'sirliroq namoyish etgan holda CES ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlarni g‘aroyib yangiliklar olamiga olib kiradi. Okean to‘lqinlarining g‘ayritabiiy kuchidan tortib Shimoliy yog‘duga qadar «LG OLED-To‘lqin» tomoshabinlarni Yerdagi eng esda qolarli tabiat hodisalari va maskanlariga olib borgan holda atrofdagilar ichki hissiyotlarini timsollar va ovozlarga to‘ldiradi. Ular hattoki, okean to‘lqinlari ustida yurish qanday bo‘lishini his etishlari mumkin.
«Favvora» tashrif buyuruvchilarni 20 revolyutsion LG OLED-televizorlarining sinxron namoyishlari bilan hayratga soladi. Ingichka, nozik displeylar ajoyib xoreografik ketma-ketlikda yuqori va pastga burish orqali tasvirning mukammal sifatini namoyish etadi. O‘raladigan LG SIGNATURE OLED TV R televizorlari – foydalanilmaganda zamonaviy alyuminiy ustunga aylanuvchi, ko‘zdan butunlay g‘oyib bo‘luvchi ekranli dunyodagi yagona televizor. Futuristik televizor atrof-muhit bilan fazoviy munosabatlarni qayta talqin qiladi va televideniya tarixida sezilarli muvaffaqiyat hisoblanadi.















