Forbes ma'lumotlariga köra jahonning eng boy insoni maqomini yana bir bor Bernar Arno egalladi. Arno LVMH fransuz xoldingi sohibi hisoblanadi. Öz navbatida bu xolding Christian Dior, Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Chaumet, Moët & Chandon va Hennessy kabi savdo markalariga egalik qiladi.
Bu holat yana bir gigant – Amazon aksiyalari bahosi 0,7 foizga tuşişi, LVMH aksiyalari esa şunçaga oşişi tufayli kuzatildi. Natijada Amazon asosçisi Jyeff Bezos Forbes röyxatida yetakçi mavqeini yöqotdi va 760 million dollarga “kambağallaşdi”, ikkinçi örindagi Bernar Arno esa 1,9 milliard dollarga boyiş ortida yetakçilikni egalladi. Arnoning boyligi 2019 yilning iyunida 100 milliard dollardan oşgandi. Şundan buyon u yana 17 milliardga boyidi.
Ayni paytda yuqori beşlikda Arno va Bezosdan taşqari Bill Geyts, Uorren Baffet va Mark Tsukerberglar ham bor. Rossiya milliarderlari yetakçisi Leonid Mixelson özining 27 milliard boyligi bilan dunyoda 36-örinni egallab turibdi.









