Sarlavha atay börttirilmadi, mubolağa qilinmadi. Sababi, Oliy sud fuqaro foydasiga hal qilgan iş uç oydirki, Muborak tumani hokimligi tomonidan e'tiborsiz qoldirilmoqda.

Aslida e'tiborsiz qoldirilyapti, deyiş ham unçalik töğri emas. Hokimlik Oliy sud qarorini qasddan ijro qilmaslik va yerni fermerga qaytarib bermaslik uçun astoydil bel boğlagan körinadi.

Keling, voqealarni biroz avvalroqdan hikoya qilsak...

«Agro star-invest» fermer xöjaligi 2014 yilda taşkil etilgan bölib, paxta va ğallaçilik yönalişiga ixtisoslaşgan. 62 gektar yer maydoniga ega.

Muborak tumani hokimi Ğ.Javliyev 2019 yilning 22 yanvarida qaror qabul qilib, «Agro star-invest» fermer xöjaligining yer maydonini Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi maqbullaştirişga oid 14-sonli qarorini bahona qilib, tuman zaxira fondiga qaytargan.

Fermer xöjaligi va hokimlik örtasidagi yer uçastkasini uzoq muddatli ijaraga beriş töğrisidagi şartnomani bekor qilib, tuman zaxira fondiga qaytarişda qonun hujjatlari qöpol ravişda buzilgan.

Huquqlari poymol bölgan fermer hokimning qarorini haqiqiy emas, deb topişni sörab dastlab Muborak tuman ma'muriy sudiga ariza kiritadi. Sudning 2019 yil 20 maydagi hal qiluv qarori bilan uning arizasi qanoatlantirişdan rad etilgaç, şu sudning viloyat instansiyasiga apellyatsiya tartibida şikoyat kiritadi. Lekin, apellyatsiya instansiyasi ham hokimning qarorini haqiqiy emas deb topişga asos yöq, degan xulosaga keladi.

Qaşqadaryodagi sudlardan hafsalasi pir bölgan fermerning muammolari nihoyat Oliy sudda ijobiy yeçim topdi.  

Özbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 11 oktyabrdagi qarori bilan Muborak tuman ma'muriy sudining 2019 yil 20 maydagi hal qiluv qarori va Qaşqadaryo viloyat ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2019 yil 20 iyundagi qarori bekor qilinadi.

Muborak tuman hokimining 2019 yil 22 yanvardagi X-287/01-sonli qarori haqiqiy emas deb topilib, hokim zimmasiga şu qarorning oqibatlarini bartaraf etiş majburiyati yuklatiladi. Bundan taşqari, hokimlik hisobidan «Agro star-invest» fermer xöjaligi foydasiga davlat boji uçun tölangan 4 mln sömni undiriş belgilanadi.