Qaşqadaryo viloyatida insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

YTH 6 aprel kuni Muborak tumani hududida sodir bölgan. Haydovçisi uxlab qolgan Nexia maşinasi qarama-qarşi yönalişda kelayotgan maşina bilan töqnaşgan. Buning oqibatida öz yönalişida kelayotgan maşinada bölgan ikki nafar IIB profilaktika inspektori voqea joyida vafot etgan. Yana bir nafar xodim esa tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan 2025 yil 6 aprel kuni Muborak tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi doirasida sudning 7 apreldagi ajrimi bilan 1 nafar şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Oldinroq Farğonada harakatlanib borayotgan Damas haydovçisi oraliq masofani saqlay olmasdan yuk maşinasi bilan töqnaşişi oqibatida ikki kişi halok bölgandi.