Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi Xöja Ravşan obidasi hududida Amir Temur davriga mansub qişloq xarobalari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan qaziş işlari davomida qişloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kaşf qilindi.

Uşbu yodgorlik örnida XIII-XIV asrlarda Qarşidan Buxoroga olib boruvçi gavjum aholiga töla karvon yöli joylaşgan bölgan. Qişloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni taşkil etadi.

Mutaxassislarning taxminlariga köra, öşa kezlari istiqomat qilgan ovul aholisi çiğatoy davrining sönggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ança taraqqiy etgan bölgan. Topilmalar orasida koşin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xöjalik jihozlari va boşqa noyob buyumlar bor.

Tadqiqotçilar Amir Temur zamonida nafaqat şaharlar, balki qişloqlarda ham rivojlaniş darajasi yuqori bölgani haqida dastlabki xulosalarga keldi.