Bugun 2023 yil 31 oktyabr kuni xalq deputatlari Muborak tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgan va unda taşkiliy masalalar körib çiqilgan.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, sessiyada tuman hokimi Akram Oripov öz lavozimidan ozod etilgan. Uning örniga deputatlar Muxtor Hayitmurodovni Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlaşgan.
M.Hayitmuradov 1970 yilda Ğuzor tumanida tuğilgan. Toşkent davlat agrar universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U 2018 yildan buyon Nişon tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgan edi.

















