Avstraliyaning örmon yonğinlaridan aziyat çekayotgan Yangi Janubiy Uels ştatida uzoq kutilgan yomğirlar yuz minglab baliqlarning nobud bölişiga olib keldi. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi.  

Ta'kidlanişiça, yomğir yonğinlardan qolgan kulni Makley daryosiga yuvib tuşirişi baliqlarning nobud bölişiga olib kelgan.

Ekologlarning aytişiça, baliqlarning bunday köp miqdorda nobud bölişi oqibati bir neça ön yillar davomida sezilişi mumkin.

Kulning suvga tuşişi bakteriyalar köpayişiga olib kelgan. Ular esa suvdan kislorodni çiqarişi natijasida baliqlar kislorod yetişmasligidan nobud bölgan.

Ta'kidlanişiça, bunday holatni Avstraliya şarqiy sohilidagi barça daryolarda kuzatiş mumkin. 

Avstraliyada oktyabrdan beri davom etayotgan örmon yonğinlari bir milliarddan köproq jonzotning nobud bölişiga, millionlab gektar örmonning yonib kul bölişiga sababçi böldi. 16 yanvarda “yaşil qit'ada” qurğoqçil ob-havodan keyin kuçli yomğirlar boşlanib, yonğinlarni öçirişda yordam bergan.