Kanadada 18 yanvarda rekord miqdorda qor yoğdi. Buning oqibatida bir neça şahar faoliyatida uzilişlar yuz bergan. Bu haqda CBC News telekanali xabar berdi.

Kuçli qor böroni Kanadaning Nyufaundlend orolidagi bir neça ming kişining uyiga kiriş yöllarini tösib qöygan. Gambo, Trepassi, Sent-Jonsu, Paradayz va boşqa şaharlarda rekord miqdorda qor qayd qilingan.

Avalon şahri aholisi 3 metrlik qor yoğişdan keyin hosil bölgan qor uyumlari oqibatida uylarida qamalib qolişgan. Şaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilib, qor tozalovçi texnika zör berib işlamoqda.