«2025 yilgaça Özbekiston tabiiy gaz eksportini töxtatiş, uni özimizda töliq qayta işlaş işlaş, şuningdek qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş çoralarini köradi», dedi hukumat rahbari.

Abdulla Aripov, şuningdek, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanişga alohida e’tibor qaratilişini ta’kidladi.

Bundan taşqari, u joriy yil oxirigaça barça iste’molçilar uçun elektron gaz va elektr hisoblagiçlari örnatilişi haqida gapirdi.

«Bu energiya sarfini kamaytiradi va tölovlarni hisoblaş bilan boğliq muammolarning oldini oladi», - dedi boş vazir.

Ma’lum qilinişiça, 2030 yilda Özbekistonda elektr energiyasi işlab çiqariş qariyb 2 baravar, neft mahsulotlari işlab çiqariş 1,8 baravar, tabiiy gaz işlab çiqariş 1,2 baravar va kömir işlab çiqariş 3,3 baravar oşirilişi rejalaştirilmoqda.