2019 yil davomida barça moliyalaştiriş manbalari hisobidan investitsiyalarni özlaştiriş hajmi 220,7 trln sömga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga ösdi. Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, asosiy kapitalga investitsiyalar xajmi 189,9 trln sömni, 2018 yil körsatkiçlariga nisbatan ösiş tempi esa 1,3 barobarni taşkil etdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yalpi içki mahsulotdagi uluşi 2018 yilda 30 foizdan amaldagi 36,2 foizga qadar ösdi (umumiy investitsiyalar hajmining yalpi içki mahsulotdagi uluşi 2019 yil natijalari bilan 42,1 foizni taşkil etdi).
Hisobot davrida 2,8 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va işlab çiqariş obektlari foydalanişga topşirildi: 145 ta yirik işlab çiqariş obektlari,167 ta yirik hududiy loyihalar, 2,5 mingdan ziyod ijtimoiy va infratuzilma obektlari.
Investitsiya faoliyatining sezilarli ösişi 13,3 mlrd. dollarni taşkil etgan xorijiy investitsiyalarning oqimi va özlaştirilişi bilan bevosita boğliq bölib, unda:
töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 9,3 mlrd. dollar (şundan asosiy kapitalga – 6,6 mlrd. doll.;)
davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 4,0 mlrd. dollar (şundan asosiy kapitalga – 3,2 mlrd dollar) özlaştirildi.
Bunda özlaştirilgan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy investitsiyadagi uluşi 37 foizga yetkazildi (taqqoslaş uçun 2018 yilda bu körsatkiç 10,5 foizni taşkil etgan).
Markaziy Osiyo mamlakatlarida xorijiy investitsiyalarning ösişi örtaça 8-10 foizni taşkil etgan bölsa, Özbekiston Respublikasida bu körsatkiç 2018 yilning şu davriga (2,9 mlrd.dollar, şundan asosiy kapitalga – 1,6 mlrd dollar) nisbatan 3,2 barobarni taşkil etdi (9,3 mlrd dollar, şundan asosiy kapitalga – 6.6 mlrd dollar) va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ösiş sur'atlari böyiça respublika yetakçilikni ta'minladi.
Xorijiy investitsiyalarni respublikaga jalb qiliş böyiça asosiy xorijiy hamkorlarga Xitoy, Rossiya va Germaniya aylangan. Özbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadigan davlatlar umumiy soni 50 tadan oşdi. Yirik investor-davlatlarning umumiy jalb qilinayotgan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar va kreditlardagi uluşi 34 foizgaça qisqardi.

















