Aşxobod xalqaro aeroporti alyuminiydan işlangan eng katta uç ölçamli tomga ega. Bu haqda World Record Academy taşkiloti ma'lum qildi.  

Avvalroq uşbu taşkilot Aşxobod aeroportiga quş körinişida işlangan eng katta bino uçun rekord natija qayd qilgandi. Uşbu bino qanotlarini yoyib turgan loçin körinişida işlangan. 

Aeroport 2016 yilda qurilgan. Avvalroq u turkman gilamlarida qöllanuvçi naqşning eng katta tasviri bilan Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu haqidagi sertifikat aeroport oçilişi vaqtida taqdim qilingandi.

Aeroport 1200 gektar maydonda joylaşgan va 100 ta inşootni öz içiga olgan. Aeroport har soatda 1600 yölovçi ötkaza oladi.