Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi Özbekistondagi faoliyati davomida umumiy daromadning 90 foizini olib ketişi haqida ma'lumotlar keng muhokamalarga sabab böldi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova Kun.uz söroviga javoban bu masalada oydinlik kiritdi hamda bu kompaniya bilan qöşma faoliyatga oid ma'lumotlarni berdi.

«Mahsulotni taqsimlaşni nazarda tutuvçi ikki tomonlama tuzilgan kelişuvga muvofiq investorlar konsorsiumi (bu örinda «Lukoyl» hamda «Özbekneftegaz») va Özbekiston Respublikasi örtasida foydali mahsulotlarni taqsimlaş 50/50 foizlarda (ya'ni teng miqdorda) bölişi belgilangan. Ammo bu şartnomada progressiv şkala ham nazarda tutilgan va loyiha daromadiga köra Özbekiston Respublikasi uluşi 80 foizgaça yetişi mumkin.

Muhokamalarga sabab bölgan 90/10 foizli taqsimotga kelsak, bu konsorsium investorlari («Lukoyl» va «Özbekneftegaz» AJ) örtasidagi hissalarni nazarda tutadi. Bu daromaddan ular 9 foiz miqdorida soliq tölaydi. Şuni ta'kidlab ötiş zarurki, «Özbekneftegaz» AJ bu loyihada nofaol investor hisoblanadi – ya'ni moliyaviy resurslar jalb qilmagan va loyihani amalga oşirişda bevosita iştirok etmaydi.

Yana bir muhim jihat, Özbekiston Respublikasi ğaznasiga umumiy uluşdan (foydali mahsulotning 50 foizidan) taşqari foyda soliği, majburiy tölovlar va tabiiy boyliklardan foydalaniş uçun soliqlar (umumiy tuşumning 30 foizi miqdorida) undiriladi», deyiladi taqdim etilgan ma'lumotda.

Eslatib ötamiz, Reuters agentligi Özbekiston «Lukoyl»dan 2018 yilda gaz yetkazib bergani uçun 600 million dollarga yaqin qarz bölib qolgani haqida