Osiyo çempionati-U23 yarimfinalidan örin olgan Özbekiston hamda Saudiya Arabistoni jamoalari örtasidagi öyindan avval har ikki jamoa boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda qatnaşgan Özbekiston boş murabbiyi Lyubinko Druloviç jamoasi Saudiyadan kuçliroq ekanini isbotlaşi kerakligini aytdi.

«Bizni kuçli jamoaga qarşi muhim öyin kutib turibdi. Raqib tezkor futbolçilarga ega jismoniy jihatdan yaxşi jamoa. Ha, biz raqibdan bir kun kamroq dam olyapmiz, ammo şifokor bilan gaplaşganimda u futbolçilarning holati yaxşi ekanini aytdi. Bizda hammasi joyida.

Ötgan öyin natija yirik bölsa ham, biz uçun oson keçmadi. Men futbolçilarimning darajasiga işonaman. Ular özlarining eng yaxşi holatiga çiqib borişmoqda. Şu örinda ertaga unçalik köp gol bölmasligini taxmin qiliş mumkin.

Doim bir xil futbolçilarning asosiy tarkibda öynayotgani imkoniyatlarimizni pasaytirmaydi deb öylayman. Ertaga imkoniyatlar teng. Olimpiadaga çiqmasak nima böladi? Men hozir faqat yaxşi narsalar haqida öylayapman. Ha, futbol qiziq öyin, unda köp narsalarni his qiliş mumkin, ammo men hozir ertaga Saudiya bilan yaxşi öynaş haqidagina öylayapman xolos. Biz Özbekiston uçun tarix yaratiş arafasida turibmiz.

Milliy jamoaning Saudiyaga mağlub bölganini futbolçilarga aytdimmi? Yöq. Ertaga asosiysi biz öz öyinimizni körsatişimiz va Saudiyadan yaxşiroq ekanimizni isbotlaşimiz kerak»,— deb murabbiyning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Özbekiston hamda Saudiya Arabistoni jamoalari örtasidagi yarimfinal öyini ertaga, 22 yanvar kuni Toşkent vaqti bilan 15:15 da «Rajamangala» stadionida ötkaziladi.