Osiyo çempionati-U23 yarimfinalidan örin olgan Özbekiston hamda Saudiya Arabistoni jamoalari örtasidagi öyindan avval har ikki jamoaning boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Uning birinçi qismida qatnaşgan Saudiya ustozi Sa'd aş-Şehri öyin haqida savollarga javob berdi.

«Bizning maqsadimiz olimpiada öyinlariga yöllanma oliş, şu bois bu bahsga tayyormiz. Bizni Özbekistonga qarşi juda qiyin öyin kutib turibdi. Raqibda kuçli jamoa, kuçli futbolçilar bor. Ammo bizda ham kuçli futbolçilar yiğilgan.

Biz Tailandni qiyinçilik bilan yengdik, ammo öşa bahsda öz xarakterimizni körsata oldik. Özbekistonga qarşi öyin oldidan bizda dam oliş uçun bir kun köproq vaqt böldi va umid qilaman bu foydamizga işlaydi.

Bizning bu avloddagi futbolçilar bilan rejalarimiz köp, jamoada yaxşi yigitlar yiğilgan. Ularning olimpiadaga çiqişi va katta sovrinni qölga kiritişi kelajak uçun muhim. Bu sovrin aynan hozirgi Osiyo çempionati kubogi bölişini xohlayman.

Özbekistonga qarşi öyinlarda xato qilsang, bu senda muammolar tuğdiradi. Raqib safidagi futbolçilarning kuçliligini yana bir bor takrorlamoqçiman. Ammo bizning raqibdan kuçliroq jihatlarimiz bor va ulardan foydalanişga harakat qilamiz»,— deb murabbiyning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.