Öyinning 25-daqiqasida Koreyaning 7-raqamli futbolçisi Jun Vu Yon öng qanotdan ajoyib yurişni amalga oşirdi. U töpni himoyaçining oyoqlari orasidan ötkazib darvozabon bilan ötkir burçakdan yakkama-yakka çiqdi, lekin Vu Yonning zarbasini Saudiya posboni qaytardi. 34-daqiqada Özbekistonga ikkita gol urgan O Se Xun juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning deyarli qöriqlanmayotgan darvozaga bergan zarbasi noaniq böldi.

40-daqiqala Jun Vu Yon yana bir qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Öng qanotdan amalga oşirilgan hujumdan söng töp darvoza yaqinidagi Jun Vu Yonga kelib tuşdi, ammo u 4-5 metr masofadan gol ura olmadi.

Ikkinçi bölim avvalida öyindan qoniqmagan koreyaliklar murabbiyi ikki hujumçi Li Don Yon va Li Don Junni maydonga tuşirdi. Bu futbolçilarning öyinga qöşilgani Koreyaning öyinini kuçaytirdi. 58-daqiqada Li Don Jun qanotdan oldinga bordi va himoyaçini bir harakati bilan aldab olis burçakka aniq zarba yölladi. Darvozabon esa qiyinçilik bilan töpni qaytarib yubordi.

78-daqiqada koreyslar yana bir qulay imkoniyatni golga aylantira olişmadi. Çap qanotdan rivojlangan hujum vaqtida saudiyalik hujumçi xatoga yöl qöydi va Li Don Jun darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib bordi, lekin zarba berişda keçikib, himoyaçiga töpni qaytarişga imkon berdi. Hujum davomida koreyalik futbolçilar yana ikki marta zarba yöllaşdi, lekin har safar himoyaçilar xavfni bartaraf etişdi.

 Uçraşuvning asosiy vaqtida hisob oçilmagaç, jamoalar ikkita qöşimça bölimni ham ötkazişdi.

Nihoyat, öyinning 113-daqiqasiga kelib, öyinda hisob oçildi. Jon Taevuk öz goli bilan finalda Janubiy Koreyaga muhim ğalaba bilan birga çempionlikni taqdim etdi – 1:0.

 Şunday qilib, guruhdoşimiz va bizni mağlub etgan uç jamoa - Janubiy Koreya Osiyo çempioni, Saudiya Arabistoni vitse-çempion, Avstraliya esa bronza medali sohibi sifatida Olimpiada-2020ga yöllanma olişdi. Özbekiston olimpiya jamoasi esa Osiyoning törtinçi jamoasi sifatida alamli tarzda yöllanmadan quruq qoldi…

 Osiyo çempionati-U23
Final. 26 yanvar (yakşanba)
JANUBIY KOReYa — SAUDIYa ARABISTONI – 1:0

Bangkok. «Rajamangala» stadioni, 2 879 tomoşabin.

Gol: Jon Taevuk, 113.