Tarjimon va murabbiy sözlarini birlaştirganda köz oldingizga kim keladi? Bilaman, Mourino dedingiz. Ha, Joze ser Bobbi Robsonga tilmoçlik qilib katta futbolga kirib kelgan.

Murabbiylarning bir vaqtning özida tarjimonlik qilganini bugun öz közimiz bilan kördik. Osiyo çempionati U-23 yarimfinalidan örin olgan Özbekiston — Saudiya Arabistoni jamoalari örtasidagi öyindan avval har ikki jamoa boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Anjumanga Saudiya boş murabbiyi Saad al Şehri tarjimonsiz keldi va bu vazifani özi bajardi. Avvalo arab tilida kiriş sözi qilgan murabbiy keyin sözlarini inglizçada gapirdi. Keyin unga saudiyalik bölmagan jurnalistlar inglizçada savol berişdi. Murabbiy savolga inglizça javob berib bölgaç, yangragan savol va javobni arab jurnalistlari uçun arabçaga tarjima qildi.

Arab jurnalistlari bergan savolga javob bergan murabbiy arab tilini bilmaydiganlar uçun avval savolni keyin öz javobini inglizçada takrorladi. Töğrisi, saudiyalik sobiq futbolçi bölgan bu murabbiyning bir vaqtning özida ham tarjimon, ham murabbiy bölib savollarga javob berganiga havas qildim. Qaniydi bizning sobiq futbolçilar ham mana şunday murabbiy bölib yetişsa deb öyladim bir lahza.

Saudiya milliy jamoasini doim xorijlik murabbiy boşqarsa ham, sobiq futbolçilar asta-sekin murabbiy sifatida yetişib çiqmoqda va ularning aksari ingliz tilida ravon gapira oladi. Esimda, Toşkentga öz jamoasi bilan kelgan sobiq futbolçi bölgan murabbiy Sami al Jabr ham şu xislati bilan yodda qolgandi. U «Bunyodkor»ning oxirgi daqiqalarda gol urayotgani haqida savol bergan özbek jurnalisti keltirgan faktni tuzatib ham ketgandi. Öşanda Sami al Jabr raqibni şunçalik yaxşi örganganiga qoyil qolgandim.

Şu örinda ertaga Özbekistonga raqib böladigan jamoa murabbiyi Saad al Şehri Saudiya milliy jamoasini kelajakda boşqarişi mumkin bölgan nomzodlardan ekanini aytiş kerak. Çunki u öz şogirdlari bilan 2017 yil yoşlar örtasidagi jahon çempionatiga ham çiqqandi. Endi esa murabbiyning jamoasi olimpiada yöllanmasini qölga kiritiş arafasida turibdi. Umid qilamiz, Saad al Şehri jamoasi Tokio olimpiadasi yöllanmasini Osiyo çempionatining 3-örin uçun keçadigan öyinida qölga kiritadi.

Ötkir Jalolxonov