Davlat soliq qömitasi va Moliya vazirligining “Soliq hisobotining şakllarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
 
Norma’ning yozişiça, Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati töğrisida”gi Qonunning 7-moddasi va “Davlat boji töğrisida”gi, “Yer osti boyliklari töğrisida”gi Qonunlarga muvofiq hisobotning quyidagi şakllari tasdiqlanadi (loyihaga ilovalarda keltirilgan):

• qöşilgan qiymat soliği böyiça;
• aksiz soliği böyiça;
• yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği böyiça;
• jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va yagona ijtimoiy tölov böyiça;
• yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq va tijoratbop topilma bonusi böyiça;
• suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq böyiça;
• yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq böyiça;
• yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği böyiça;
• aylanmadan olinadigan soliq tölovi böyiça;
• qat'iy belgilangan miqdordagi soliq böyiça;
• davlat boji va avtotransport yiğimi böyiça;
• tovarlarning ayrim turlari bilan çakana savdo qiliş va ayrim turdagi xizmatlar körsatiş huquqi uçun yiğimlar böyiça va boşqalar.
 
2019 yil uçun soliq hisoboti 2019 yilda amal qilgan tartib va şakllar asosida, biroq yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
 
Loyiha 2020 yil 2 fevralga qadar muhokamada böladi, özgartirilişi yoki unga qöşimça kiritilişi mumkin.