
Keça, 21 yanvar kuni aholi murojaatini örganiş maqsadida Farğona viloyatining Quva tumanida böldik.
Qaytiş çoği, tumanning «Xonobod» MFY hududidan ötarkanmiz, yöl çetida velosiped va aravalarda suv taşiyotgan ayollar e'tiborimizni tortdi.

Ma'lum bölişiça, «Xonobod» MFYning Yangi asr köçasida yaşovçi ayollar har kuni bir neça marotaba 1,5 km uzoqlikdan içimlik suvi taşib kelişar ekan.
«Ön yildan oşdi, şu holat davom etib kelyapti. Bir neça marotaba murojaat qildik, foydasi bölmadi. Köçamizga şağal tökib berişdi, uning ham pulini yiğib berdik.
Aytinglar, köçalarimizga suv tuşirib berişsin, «stolba»larimiz yöq, yöllarimiz ham çatoq», – deyişdi qişloq ayollari.
Suvni erkaklar taşisa bölmaydimi, degan savolimizga ular kunduzi işda bölişi, ayrimlari Rossiyada ekanini aytişdi.
Yana yölga tuşarkanmiz, şaharda uç kunga issiq suv öçsa, qançalik noqulaylik tuğilişi haqida öylab qoldik...

Ma'lumot örnida, hukumat 2030 yilga borib, aholining içimlik suvi ta'minoti darajasini bugungi kundagi 69 foizdan 91 foizga oşirişni va'da qilgan.











