AQŞning Amazon kompaniyasi rahbari Jyeff Bezos dunyoning eng boy odamlari röyxatida 3 kun 2-poğonani egallagandan keyin yana öziga yetakçilikni qaytarib oldi. 3 kun davomida röyxatga LVMH kompaniyalari guruhi boş direktori Bernar Arno yetakçilik qildi. Bu haqda Forbes naşri xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, Bezosning boyligi Arno yetakçilikni qölga kiritgan 17 yanvardan keyin 489 mln dollarga köpayib, ayni vaqtda 116,1 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Arno esa şu 3 kun içida LVMH aksiyalari arzonlaşişi sababli 3,7 mlrd dollar yöqotib, hozirda uning boyligi 112,9 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.  

Forbes’ning xabar berişiça, LVMH aksiyalari narxi Xitoyda yangi koronavirus tarqalişi sababli 21 yanvarda 1,1 foizga tuşib ketgan.