Özbekistonda va xorijdagi özbekistonliklar tomonidan 2019 yilning oktyabridan buyon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo böliş masalasi muhokama qilib kelinmoqda.

Mustaqillikka erişgaç turli ittifoqlarga qöşilişni mustaqillik uçun xavf sifatida körib kelgan Özbekiston hukumati rahbariyati sönggi yillarda dunyo uçun oçila boşladi. Rossiya Federatsiya kengaşi raisi Valentina Matviyenko Toşkentga taşrifi vaqtida Özbekiston YeOIIga kirişi haqida gapirib yuborganidan keyin ittifoqqa a'zo böliş va bölmaslik tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda bu masalani faol muhokama qila boşlaşdi. Şuningdek, partiyalar, hukumat a'zolari YeOIIga qöşiliş unçalik xatarli emasligi haqida ayta boşlaşdi va köpçilikda 2020 yil Özbekiston ittifoqqa kirişi aniq degan tasavvur hosil paydo böldi.

Kun.uz saytining Rossiyaga safar qilgan muxbirlari Moskvadagi özbekistonliklardan Özbekistonning YeOIIga qöşilişiga qanday munosabatda bölişlarini söradi.

Respondentlarga «Özbekiston YeOIIga qöşilişi tarafdorimisiz yoki yöq?» degan savol bilan murojaat qilindi.

- Qöşilsa yaxşi yoki yomon bölişini tepadagilar yaxşi tuşunişadi. Köpçilik patentning yengilligini hisobga olib gapirmoqda. Men şaxsan qöşilmasligi tarafdoriman. Hammaning erkinligi özida qolgani yaxşi. Boşqa tomondan yengillik bölgani yaxşi bölardi. Misol uçun, özimdan kelib çiqsam, bir yilda 4 marta «registratsiya» (propiska) qilib qiynalaman. Birinçisi, yaxşi çiqsa, xöp, ikkinçisi «falşivka» (soxta) çiqadi. Pul tölab ham qila olmayapmiz. Şuni bir yillik qilişsa yaxşi bölardi. Patentni umuman yöq qilişlariga aqlim yetmaydi. Boşqa jihatlardan yordam qilişlari, yengilliklar yaratişlari mumkin.

- Bilasizmi, avvalambor, men olim emasman. Olimlarimiz bu masalaning iqtisodiy tomonlarini körişlari kerak. Deputatlarimiz bor, ular boş qotirişlari kerak, men iqtisodçi emasman. Ammosi bor. 4-5 mln odamimiz şu yerda yuribdi. Qöşilmaslikning iloji ham yöqda. Kim-kimgadir qöşilmasa, qoloq bölib ketyapti. Yolğiz otning çangi çiqmas, deyişadi-ku! Bu bölmasa, ya'ni ittifoqqa qöşilmasak, Xitoy qarab turibdi. Investitsiyalar kirityapti. Nimalardir quryapti. Xitoyliklar bosib ketadi-ku unaqada? Biz ular qanaqa xalq ekanini bilmaymiz. Menimça, yomon bölmaydi ittifoqqa qöşilsak. Köproq odamlar şu yerga kelib işlaydi. Qonunlar tartibga kiradi va hokazo.

- Men şaxsan qarşiman. Özbekiston öziga xon, öziga bek davlat. Xohlasa qöşiladi, xohlasa qöşilmaydi. «Qöşil-qöşil», deb majburlaşmasin. Rossiya «qöşil-qöşil» deyapti-da faqat. Qolgan davlatlar, Armaniston, Qozoğiston va Qirğiziston «qöşil» deb aytmayapti. Faqat Rossiyaning özi «qöşil» deyapti. Patent tölovi bölmaydi degani bu aldov gap. Qöşilsak, yana boşqa narsa öylab çiqişadi. Qul bölib qolamiz. Islom Karimov – oldingi prezidentimiz «qöşilmaymiz» deb töğri aytgan. Lekin, Özbekiston-Rossiya örtasida döstona aloqalar bölaveradi. Bu ittifoq kerak emas. Men şaxsan (patent) tölayman. Özbekiston qul bölişini xohlamayman.