Bugun ukrainaliklarning qançasi uruş tugaşini xohlayapti – bu savolga ukrain xalqining özida ham, Kiyevdagi siyosatçilarda ham javob bor. Bu javob sub’yektiv yoki xayoliy emas, u – professional va reprezentativ sotsiologik tadqiqotlar mahsuli. Axborot asrida ijtimoiy kayfiyatdan boxabar bölib turiş – xoh demokratik bölsin, xoh avtoritar – barça davlatlar uçun birdek hayotiy ahamiyatga ega.
Rossiya-Ukraina uruşi boşlangan 2022 yilda 90 foizdan ortiq ukrainaliklar “töliq ğalabaga erişunça uruşişimiz kerak!” degan fikrda edi. Bugun 69 foiz ukrainaliklar muzokaralar orqali uruşni tezroq tugatiş tarafdori. Şunday bölsa-da, 67 foiz ukrainalik agar masala davlat mustaqilligi haqida ketsa, uruşni davom ettirişga rozi.
41 foiz fransuzlar esa Fransiyada avtoritar boşqaruv bölişiga rozi: “Agar kimdir hokimiyatda uzoq qolib, tartib örnatsa, mas’uliyatni böyniga olsa – bunga rozimiz”. Bu bilan fransuzlar keyingi 2 yilda 6 marta boş vazir almaşişi va muttasil inqirozlardan çarçaganini bildirişmoqda.
Bu misollar – Ukrainadagi va Fransiyadagi ijtimoiy fikr, jamiyat kayfiyatini ifodalovçi sörovnomalardan parçalar edi. Dunyo davlatlarida jamoatçilik fikrini örganiş – sanoatlaşgan va institutlaşgan tartibda amalga oşiriladi. Nafaqat demokratiyalarda, balki özining barqarorligini va rivojlanişini töğri modellaştiriş harakatidagi avtoritar davlatlar ham özlaridagi jamoatçilik fikrini tizimli örganadi, kerakli xulosalar çiqaradi, öz siyosatlarini töğrilab boradi.
Jamoatçilik fikrini örganiş deyarli bir asrdan beri mavjud. Bugun dunyoda juda taniqli jamoatçilik fikrini örganiş markazlari mavjud. Pew Research, RAND Corporation, Gallup, Chatham House, Levada-sentr va boşqalar professional tadqiqot markazlari sifatida nom qozongan.
Oldinlari reprezentativ, ya’ni aholining fikrini xolis ifodalovçi sotsiologik tadqiqotlar ötkaziş ança qimmat turardi. Keyingi vaqtlarda informatsion texnologiyalar rivoji, Big Data, ijtimoiy tarmoqlar – bularning barçasi aralaş va mukammal jamoatçilik fikrini örganişga imkon bermoqda. Ijtimoiy fikr va kayfiyatni örganiş – tez va nisbatan arzon bölib bormoqda.
Nima uçun dunyo davlatlari ijtimoiy fikrni örganib borişadi? Nafaqat biznes uçun, mijozlar nimalarni xohlaşini biliş uçun. Balki siyosiy hokimiyatlar uçun odamlarning fikri, qaraşi, kayfiyatini biliş – juda katta bilim va imkoniyatlar beradi. Ijtimoiy fikrni bilmaslik yoki bilib, inobatga olmaslik – katta inqirozlarga olib keladi. Mukammal biliş va töğri işlarni qilişga tayyor turiş – mustahkam va mustahkam hokimiyatlar poydevori, asosi hisoblanadi.











