Samarqandda jangovar holatda bölgan qurol topildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytiladi.
Qayd etilişiça, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat işi doirasida, şu yil 17 yanvar kuni taxminan soat 13:00larda, Samarqand viloyatining Payariq tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning uyida ötkazilgan tintuv tergov harakati jarayonida, mato bölagiga boğlangan holatda 16,4 gr. opiy (köknor) giyohvandlik vositasi hamda yotoqxonadagi sandiqning içidan tegişli hisobga qöyilmagan, ekspertiza xulosasiga köra jangovar holatda bölgan bir dona MS-20 rusumli qöş otar qurol va 3 dona öqlar qonunga xilof ravişda saqlab kelinayotganligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi va 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.













