Xususan, 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahrida o‘tkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
2000 yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab yangi shaklga o‘tkazildi. Joriy yildan e'tiboran “Universiada” sport o‘yinlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilib, 4 iyunga qadar davom etadi.
O‘tkaziladigan bellashuvlarda 1 500 nafardan ortiq talaba qatnashadi.











