Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston atletlari AQShdagi qishki universiada o‘yinlarida ishtirok etadi
O‘zbekiston atletlari joriy yil 12-22 yanvar kunlari AQShning Leyk-Plesid shahrida o‘tkaziladigan XXX Butunjahon qishki universiada o‘yinlarida ishtirok etadi.
Dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi tog‘ chang‘isi, snoubord va figurali uchish sport turlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Tog‘ chang‘isi sport turida Ra’no Imonqulova, Muhammadali Asanov, Arman Gayupov, Medet Nazarov, Rolan Raimqulov, Oqilbek Buxorboyev bahslarda ishtirok etishadi. Snoubord bo‘yicha Dinara Jubayeva, Begzodbek Isroilov, Elnur Mirzaliyev, Ruslan Mirzaliyev, Aziz Saparbayev O‘zbekiston bayrog‘ini himoya qiladi. Figurali uchish yo‘nalishida esa Azizmurod Shabazov va Nigina Jamoliddinova o‘z omadlarini okean ortida sinovdan o‘tkazadi.
O‘zbekiston delegatsiya 10 yanvar kuni AQShga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid
11:17 / 11.12.2025
Qishda sochlar nima uchun ko‘proq zararlanadi? Mutaxassislar tavsiyalari
09:00 / 16.10.2025
Yarmi kukun, limit kam, ombor uzoq - popliklar ko‘mir ta’minotidan norozi
14:46 / 21.02.2025
Xitoylik sayyohlar Yaponiyaga borib qor kurash uchun putyovka sotib olmoqda
15:12 / 14.01.2025