Rossiyaning «Sovetskiy Sport» naşri moliyaviy inqirozni boşdan keçirayotgan «Rostov» a'zolari transferga qöyilgan taqdirda, futbolçilarning qaysi klublarga ötişini taxmin qildi.

«Eldor Şomurodov «Rostov» tarkibidagi eng talabgor futbolçi bölib turibdi. Bu unga da'vogar bölgan klublar uçun ham yaxşi imkoniyat. Sababi özbekistonlik hujumçi avvalroq Yevropada töp suriş istagini bildirgandi. Eldor uçinçi forvardga muhtoj «Zenit»ga ham, töpurarni orzu qilayotgan «Lokomotiv»ga ham, hujumida muammosi bor «Spartak»ka ham ayni mos tuşardi.

Xorijdan taklif tuşmasa, Şomurodov uçun kuraşda Rossiyada «Zenit» favoritga aylanadi. Sababi piterliklar transfer summasi masalasida raqobatçilaridan köproq taklif eta olişadi. Bunday kim oşdi savdosi xaridor klubdan hattoki 5-7 million yevro undiriş uçun yaxşi imkoniyatdir. Yevropadan esa ayni damda Şomurodov uçun heç qaysi klub 3 million yevrodan ortiğini taklif qilmaydi» - deya yoziladi naşrdagi maqolada.

Eslatib ötamiz, «Rostov» boş murabbiyi Valeriy Karpin klubdagi moliyaviy qarzdorlik sababli, jamoa aksariyat futbolçilarini transferga qöyişi mumkinligini rad etmagandi.