Özbekiston şaroitida har bir kişiga yaşil qoplama hajmi örtaça 55 kvadrat metr töğri kelişi kerak. Toşkent şahri hududida 90 yillar boşida odam boşiga şu normaga mos miqdorda yaşillik töğri kelgan.
Bu haqida Örmon xöjaligi davlat qömitasi raisi örinbosari Abduşukur Hamzayev 22 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Noqonuniy tarzda qança daraxt kesiladi?
2018 yilda 700taga yaqin noqonuniy daraxt kesiş holati aniqlangan. Bu örmon xöjaligiga 1 milliard sömga yaqin zarar keltirgan.
2019 yilda esa bunday holatlar 200taga kamaygan: 500ga yaqin noqonuniy daraxt kesiş holati aniqlangan.
«Şunga qaramay, yetkazilgan moddiy zarar 2019 yilda ham 1 milliard sömni taşkil qildi», – deya ma'lumot berdi Örmon qonunçiligi talablarini nazorat qiliş boşqarmasi boş mutaxassisi Samgin Madaminov.
Qayd etilişiça, hozir örmonlar respublika umumiy maydonining 7 foizini taşkil etadi, 2024 yilga qadar esa 11,2 foizga yetkazilişi maqsad qilingan.
Özbekistonda yiliga qança daraxt ekiladi?
Örmon xöjaligi qömitasi boşqarma boşliği Hojimurod Tolipov bergan ma'lumotga köra, köçat ekiş oyliklarida respublika böyiça har yili taxminan 140-145 million dona nihol ekiladi.
«Lekin köp joylarda mahalliy hokimiyat yoki taşkilot ösiş şaroitini hisobga olmasdan köçatlarni ekişadi, oqibatda ular qurib qoladi.
Yoki ekilgan köçatlarning taqdirini butunlay esdan çiqarişganlari tufayli qança daraxtlarning qurib qolganini özim kuzatganman», – dedi Hojimurod Tolipov.
Uning aytişiça, örmon xöjaligi tizimida ekiladigan daraxtlarning salkam 99 foizi suğorilmaydigan daşt yerlarga ötqaziladi.

Har yili Özbekiston örmonlaridan qança yoğoç işlab çiqariladi?









