Bundan 11 yil oldin, “Umid nihollari-2012” sport musobaqalarining final bosqiçi ötkazilişi munosabati bilan Navoiy şahrida qariyb 20 mlrd söm (öşa paytdagi kurs böyiça taxminan 11 mln AQŞ dollari) miqdorda davlat budjeti mablağlari hisobiga “Yoşlar” sport majmuasi barpo etilgandi. Umumiy hududi 15 gektarni taşkil qiluvçi majmuada sportning öndan ortiq turi böyiça maşğulot olib boriş imkoniyatlari mavjud.



Köplab sport turlari böyiça Özbekiston, Osiyo va jahon çempionlari yetişib çiqqan sport majmuasining katta qismi hukumat farmoyişi bilan “Qizilqum” futbol jamoasi balansiga bepul ötkazib berilişi kutilyapti. Majmuada maşğulot olib boruvçi yuzlab sportçilar, ularning murabbiylari va ota-onalari, işçi-xodimlar bundan norozi.
“Yoşlar” sport majmuasi hozirgi kunda Navoiy viloyati sportning öyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslaştirilgan sport maktabi balansida. Majmuani saqlab turiş harajatlarining bir qismi davlat budjeti, qolgan qismi ixtisoslaştirilgan sport maktabi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Ixtisoslaştirilgan sport maktabida 10 ta olimpiya sport turidan bölimlar (yengil atletika, futbol, voleybol, basketbol, gandbol, çim ustida xokkey, tennis, badminton, stol tennisi, regbi-7) faoliyat körsatadi. Ularda 31 nafar malakali trener öqituvçilar nazorati ostida 486 nafar sportçi maşğulot olib boradi. Sportçilar orasidan köplab çempionlar, yuqoridagi sport turlaridan milliy terma jamoa a’zolari yetişib çiqqan.



“Sport majmuamiz şaharning markaziy öyingohi hisoblanadi. Unda standartga mos futbol maydonlari, viloyatda yagona bölgan rezin qoplamali yuguriş yölaklari, ikkita universal zal mavjud. Hozirgi kunda uşbu yaratilgan şaroitlardan sportning olimpiya turkumiga kiruvçi yengil atletika, futbol, regbi-7, çim ustida xokkey va paratletika kabi turlaridan yuzlab sportçilar foydalanib, şuğullanib kelişmoqda.















