2022 yil 7 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz şahridagi «Alpomiş» sport majmuasining tomi qulab tuşgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz’da ana şu xabarlarga asoslanib «Alpomiş» sport majmuasining tomi qulab tuşgani haqida xabar berilgandi. Quriliş vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda ma’lum qilinişiça, 2022 yil 5 may kuni Termiz şahri Alpomiş mahallasi Navbahor köçasi 1-uy manzilida joylaşgan «Alpomiş» kuraş majmuasi binosida texnogen tusdagi favqulodda vaziyat sodir bölgan.
Hodisa joyi körib çiqilganda quyidagilar aniqlangan:
— Majmuadagi kuraş zalining umumiy maydoni 2 800 metr kvadrat bölib, hozirgi kunda kuraş zali tomining taxminan 1 700 metr kvadrat qismi buzilib, yerga qulab tuşgan;
— Kuraş zalining tom qismi murakkab konstruktiv yeçimli bölib, «Kislovodsk» tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydalanilgan;
— Buzilgan tom qismi yaroqsiz holatga kelgan;
— Kuraş zali binosi 1999 yilda qurilgan.
Munosabatda ma’lum qilinişiça, hodisa oqibatida kuraş majmuasi xodimlari soğliğiga heç qanday zarar yetmagan.
Eslatib ötamiz, hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi va viloyat hokimligi axborot xizmatlari rahbarlaridan izoh söralganda ular Boysun tumanida ötkazilayotgan festivalning taşkiliy işlari bilan band ekanliklarini va hodisadan bexabar ekanliklarini ma’lum qilişgandi.
Ma’lumot uçun, Termiz şahrida joylaşgan «Alpomiş» sport majmuasida turli sport turlari böyiça mamlakat birinçiliklari va viloyat miqyosidagi musobaqalar ötkazib kelingan.












