Yangi tipdagi koronavirus bilan çaqiriluvçi zotiljam paydo bölişi öçoği hisoblangan Uxan şahri aholisiga 23 yanvardan şaharni alohida zaruratsiz tark etiş taqiqlandi. Xitoy şunday çoralar bilan koronavirus tarqalişi oldini olmoqçi, deb xabar berdi Global Times naşri.

Ta'kidlanişiça, şaharda avtobus, metro, şaharlararo poyezdlar qatnovi va samolyotlar parvozi töxtatilgan. Taqiqlov qança vaqt davom etişi noma'lum.

Uxan Xubey provinsiyasida joylaşgan bölib, uning aholisi 11 mln kişini taşkil qiladi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda yangi virusdan zararlanganlar soni 570 kişidan oşdi, 17 kişi uning qurboniga aylangan. 

“Jenmin jibao” naşrining xabar berişiça, Xitoyning 27 ta hududida koronavirus bilan zararlaniş holatlari qayd etilgan. Kasallanganlardan 95 nafari oğir ahvolda qolmoqda. Ular bilan yaqin aloqada bölgan 5,8 ming kişi karantinga joylaştirilgan.