Içki işlar vazirligi tizimda xizmat qilib, yurt tinçligi yölida jon bergan xodimlar yodini abadiylaştiriş işlarini davom ettirmoqda.

22 yanvar kuni Toşkent viloyati Qibray tumanida vatan sarhadlarini himoya qiliş yölida jon fido qilgan içki işlar organlari xodimlari, marhum Bekseid Kentayev, Zoitbek Ahmedov va Azizxon Tursunovlar tahsil olgan 25- va 28-sonli umumta'lim maktablarida ularning yodini abadiylaştiriş maqsadida «Xotira burçagi» taşkil etildi va şu munosabat bilan rasmiy oçiliş marosimi ötkazildi.

Foto: Toşkent viloyati IIBB

Tadbirni Içki işlar vazirining birinçi örinbosari polkovnik Aziz Toşpölatov va Toşkent viloyati IIBB boşliği polkovnik Tohir Aripov oçib berdi va uşbu marhum militsiya inspektorlarining hayoti, bosib ötgan şarafli yöli haqida tadbir qatnaşçilariga qisqaça ma'lumot berib ötdi.

Tadbirga uşbu xodimlarning ota-onalari ham taklif etilib, ularga mard va jasur farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganlari uçun rahbariyat nomidan minnatdorçilik bildirildi.

Foto: Toşkent viloyati IIBB

«Sözga çiqqanlar yodgorlikni örnatilişidan maqsad kelgusi avlodning vatanparvarlik ruhida ulğayişi, marhum xodimlarning bosib ötgan, şonli yöllari va körsatgan qahramonliklaridan ibrat olib, maktabda yaxşi va a'lo baholarga öqişlari, yurt tinçligi uçun öz hayotini ham ayamagan şu insonlar, qolaversa buyuk bobolarimiz Amir Temur, Jaloliddin Manguberdilarga munosib voris bölişlari keraklini ta'kidladilar», – deyiladi Toşkent viloyat IIBB Axborot xizmati xabarida.

Foto: Toşkent viloyati IIBB
Foto: Toşkent viloyati IIBB