Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boşliği Baxtiyor Tursunov 23 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida 2019 yilda Rossiyada qiyin ahvolga tuşib qolgan 3323 nafar fuqaro davlat hisobidan Özbekistonga olib kelinganini ma'lum qildi 

“Aksariyat migrantlar til bilmasdan, kasb bilmasdan çet elga borişmoqda va qiyinçiliklarda qolişmoqda. Boşqa davlatning qonunlarini bilmasdan, özlari bilmagan holda qoidabuzarliklar qilişmoqda. Buning oqibatida esa davlatdan çiqarib yuboradigan deportatsiyalar olişmoqda", dedi u.

Baxtiyor Tursunov

Baxtiyor Tursunovning aytişiça, deportatsiya migratsiya qonunçiligida belgilangan tartibga amal qilmaganda, ya'ni mehnat qiliş huquqini beruvçi hujjatsiz işlaganda, özi faoliyat yuritayotgan davlatning qonun-qoidalarini buzganda yoki boşqa şunga öxşaş holatlarda yuzaga keladi. Deportatsiya ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Bunda uç kun mobaynida ixtiyoriy ravişda davlatdan çiqib ketiş deporti va uç kundan keyin sud orqali deportatsiya qiliş işlari amalga oşiriladi. 

Matbuot anjumanida migrantlarning hayoti, iş şaroitlarini biliş va ularga huquqiy yordam körsatiş böyiça 2019 yili Rossiyada beşta konsullik idorasi taşkil qilingani, ular migrantlarning axvolini örganiş bilan bir qatorda turli xil jinoyatlar bilan qamoqqa tuşganlarni bir yilda ikki-uç marta körib, yaşaş tarzini örganib kelayotgani ma'lum qilindi.   

Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bergan ma'lumotlarga köra, 2019 yilda 102 nafar hamyurtimiz oğir vaziyatga tuşib qolgani aniqlangan, 308 nafar mehnat muhojirining jasadi vatanga qaytarilgan.