Demak, hammasi bunday boşlangan. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ming nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy işlaş uçun yuboriş rejalaştirilgan. Rejaga köra 119 nafar fuqaro 23 iyun kuni Janubiy Koreyaga jönatilgan. Ulardan kelişilgan tartib böyiça koronavirusga test olinganda, 12 nafarida virus aniqlangan. Şu bois, qolgan guruhlardagi işçilarni qabul qiliş noma'lum muddatga töxtatilgan. Toşkentda töplangan 68 nafar işçi iyun oyi oxirida Janubiy Koreyaga jönab ketişi kerak bölib, ungaça 14 kun karantinda bölişi talab qilingan.

Yuzaga kelgan muammolar Koreyaga işlaşga ketiş uçun Toşkentga kelgan fuqarolarda norozilik uyğotgan. Işçilardan biri Erkin Qodirovning aytişiça, bir neça marta koronavirusga test olingan va javoblar turliça çiqqan.

«Koronavirusni aniqlaş testiga birinçi kun 270 ming sömdan olişdi. Keyingi safar 350 ming sömdan töladik. Mehmonxonaga kuniga 230 ming sömdan tölab joylaşdik. 15 kundan beri şu yerda bölganlar bor. Koreyaga mavsumiy işlaşga davlat tomonidan yuboramiz deyişdi. Ketişga tayyor bölib turganimizda, 36 kişida virus çiqqani aytildi. Keyin norozilik bildirdik. Yana virusga tekşiruv ötkazişdi. Bu safar 4 nafar odamda aniqlandi. Kasallarni şifoxonaga joylaş örniga uylariga jönatişdi», deydi Erkin Qodirov.

Yana bir işçi Xoliqul Mirzayevga köra, Toşkentga köpçilik yiğib qöygan bor mablaği bilan kelgan: «68 odamga çipta buyurtma qilib qöyganmiz, deyişdi. Vizalarni berayotgan paytda ularga telefon böldi-da, 36 kişida koronavirus aniqlanibdi, deyişdi. Norozi bölganimizdan keyin qayta tekşirişdi. Odamlar bor pulini sarflab, moligaça sotib, bu yerga kelgan. Ikki hafta oldin uydagilar bilan xayrlaşib kelganmiz, qaysi yuz bilan qaytib boramiz?», deydi u.

Taşqi mehnat migratsiya agentligi boşliğining birinçi örinbosari Afzal Ermatov hodisaga izoh berib, Janubiy Koreyaga yetib borgan özbeklarda koronavirus aniqlanişi kutilmagan holat bölganini bildirdi.

«Janubiy Koreyada 5 oylik mavsumiy işlaş uçun Ye-8 viza yönalişi oçilgan. Unga viloyatlardan mingdan oşiq odam tanlab olingan. Şundan hozirda 500 dan ortiği borib işlab turibdi. Tartib bilan jönatilayotgan edi. Pandemiya kuçaygani sabab Janubiy Koreya tomoni işçilar Özbekistonda 14 kun karantinda turişi, keyin respublikamizdagi Janubiy Koreya elçixonasi belgilagan koronavirusga test topşiriş laboratoriyasida tekşiruvdan ötkazilişi, söngra ularga viza berilişi va u yerga borgandan keyin ham yana 14 kun karantinda turiş talablarini qöygan. Biz bunga rozi bölganmiz.