Toşkent şahrida “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturlari orqali 2 ming 809 nafar işsiz aholi jamoat işlariga jalb qilingan. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, koronavirus pandemiyasining mehnat bozoriga, mehnat munosabatlari va aholi bandligiga salbiy ta'sirini yumşatiş, işsiz va xorijga işlaş uçun keta olmagan, şuningdek, karantin çora-tadbirlari davomida vaqtinçalik işsiz qolgan fuqarolar bandligiga kömaklaşiş böyiça Toşkent şahar Bandlik boş boşqarmasi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hamkorligida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.
“Bugungi kunda Toşkent şahrida faoliyati töxtagan korxona va taşkilotlar tuman, şaharlar kesimida tahlil qilinganida, savdo va umumiy ovqatlaniş, quriliş, xizmat körsatiş hamda boşqa sohalardagi korxonalarda 7490 nafar aholining işsizligi ma'lum böldi.
Joriy yilning 22 aprel holatiga köra, 2 ming 809 nafar işsiz aholi “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz” dasturlari orqali mahalla hududlarini obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, tadbirkorlik sub'yektlari, turli korxona va taşkilotlar, hududlarda olib borilayotgan dezinfeksiya işlari kölamini kengaytiriş maqsadida mahallalar, köçalar, bozorlar hamda boşqa jamoat joylarini dezinfeksiya qiliş, yakka yolğiz qariyalar, nogironligi bölgan va özgalar parvarişiga muhtoj fuqarolarga kömaklaşiş, asosiy turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari köçma savdo şoxobçalariga va boşqa jamoat işlariga jalb qilingan”, deyiladi xabarda.
Bugungi kunga qadar turli işlarga jalb etilgan fuqarolarga avans tariqasida 389 million söm iş haqi tölangan.

















