2023 yil boşidan iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bilan muzokaralarda 100 mingga yaqin böş iş örni aniqlangan. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatiga bağişlagan AOKAda ötgan brifingda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanişiça, aniqlangan 20 mingga yaqin böş iş örinlari böyiça talabnomalar olingan. Özbekistonlik fuqarolarning mehnat migratsiyasini kengaytiriş maqsadida 10 ta xorijiy davlatning 74 ta vakolatli taşkiloti bilan hamkorlik kelişuvlari imzolangan.

Sönggi sakkiz oyda 28 ming 207 nafar özbekistonlik Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozoğiston, Germaniya, Turkiya, Ruminiya, Bolgariya, Yaponiya, Litva, Polşa, Latviya davlatlarida manzilli işlarga joylaştirilgan.

Agentlik şu davrda 180 mingga yaqin fuqaroga turli xizmat körsatgan. Şundan 160 mingdan ortiği maslahat xizmati hisoblanadi.

Şuningdek, oğir vaziyatga tuşib qolgan 380 nafar özbekistonlik vatanga qaytarilgan.

Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari özbekistonlik fuqarolarga iş beruvçilardan 676 ming dollar iş haqini undirib berişda kömak körsatgan.