Rossiya Federatsiyasining qator korxonalari bilan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi örtasida Özbekiston Respublikasi fuqarolarini taşkillaştirilgan mehnat faoliyatini amalga oşirişga jalb qiliş böyiça kelişuvlar imzolangan.

Uşbu kelişuvlarga köra, quriliş, qişloq xöjaligi, baliq va parranda göştini qayta işlaş sohalarida işlaş istagida bölgan yurtdoşlarimiz quyidagi tartib va şartlarda Rossiyaga jönab ketişi mumkin: 

  • Toşkent – Moskva yönalişi böyiça aviaçipta narxi – 5 mln. söm (PsR testi ham şu summa içiga kiradi);
  • Aviareys iş beruvçilarning Özbekistondagi işonçli vakili «PANORAMA BOLALAR UYI» MÇJ tomonidan taşkil etiladi;
  • Rossiya hududida işga rasmiylaştiriş kafolatlanadi;
  • iş haqi 35 ming rubldan (bajarilgan iş hajmidan kelib çiqib) boşlanadi;
  • patent rasmiylaştiriş va ovqatlaniş xarajatlari fuqaro hisobidan amalga oşiriladi.

Nomzodlar uçun talablar:

  • 18-50 yoş oraliğida böliş;
  •  rus tilini boşlanğiç darajada biliş;
  • quriliş, qişloq xöjaligi, baliq va parranda göştini qayta işlaş sohalarida iş tajribasiga ega böliş;
  • Rossiya hududiga kirişga taqiq bölmasligi kerak.

Murojaat uçun: 71 202-33-55 (içki raqam 77 va 88), 71 200-00-61 yoki 1282 (qisqa raqami).

Elektron röyxatdan ötiş ham mumkin.