Toşkent şahrida 24 yanvar kuni soat 12:10 atrofida Tojikistonda röy bergan yerosti silkinişlari sezildi.

Zilzila Farğonadan 128 km uzoqlikda yuz bergan.

Yevropa—Örta Yer dengizi seysmologiya stansiyasining dastlabki ma'lumotlariga köra, yer silkinişi Tojikiston hududida sodir bölgan. Episentrda zilzila kuçi 5,7 magnitudaga teng bölgan, zilzila öçoği 10 km çuqurlikda joylaşgan.

Özbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi axborotiga köra, zilzila Toşkentdan 317 km janubi-şarqiy yönalişda Tojikiston hududida sodir bölgan. Epimarkazda uning kuçi 5,5 magnitudaga teng bölgan. Toşkent şahrida zilzila kuçi 2—3 ballga teng bölgan bölsa, Farğona şahrida 4 ballni taşkil etdi. Namangan, Andijon, Guliston şaharlarida yerosti silkinişlari kuçi 3 ballga, Samarqand, Navoiy, Termiz va Qarşida 2 ballga teng böldi.