Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko davlati heç qaçon biror boşqa davlat, hattoki “qardoş Rossiya”ning bir qismi bölmasligini, belaruslar buni qabul qila olmasligini aytdi. Bu haqda BelTA axborot agentligi xabar berdi.
“Bizda öz davlatimiz bor. Biz suveren va mustaqilmiz. Biz öz ongimiz va qöllarimiz bilan nimaga qodir bölsak, şunga erişdik, öz davlatimizni qurmoqdamiz. Va biz biror boşqa davlat qismi böla olmaymiz. Men sizga xiyonat qilib, Belarusni yoyib yubora olmayman, hattoki qardoş Rossiyada”, deb aytgan Lukaşenko.
Uning ta'kidlaşiça, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda “Belarusda buni heç kim qila olmasligini” aniq-ravşan aytgan.
“Agar men bunga borsam ham, belaruslar bu qarordan bir yil ötmasdan meni yeb taşlaşadi”, deb qöşimça qilgan Lukaşenko.
“Men Belarusning sönggi prezidenti bölişni istamayman. Birinçisi böliş faxrli, biroq oxirgisi bölişni istamayman. Men farzandlarimiz bu bir parça yerda tinç-totuv yaşaşlarini istayman. Ruslar, rossiyaliklar bilan inoqlikda. Ular bizga begona emas. Rossiyaliklar bizning odamlar. Biroq, rostini aytganda, ularga hozir oz narsa boğliq”, deb ta'kidlab ötgan Belarus yetakçisi.
Avvalroq Lukaşenko Belarus Rossiya tarkibiga kirmasligiga, ikki davlat yagona parlament taşkil etiş borasida muzokaralar olib bormasligiga va'da bergan.












